Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TOSHKENT SHAHRIDA ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH VA TARMOQLARNI KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORLASH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
DEPUTAT JAMILA SHERMUHAMMEDOVA TALABA-QIZLAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDA KANALIZATSIYA TARMOQLARINI YAXSHILASH VA OQOVA SUV TIZIMIDAGI NOSOZLIKLARNI BARTARAF ETISH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDAGI IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARIDA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
UCHTEPA TUMANIDAGI 197-SONLI MAKTABDA ILK RIVOJLANISH MARKAZI OCHILDI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDA ISSIQLIK TARMOQLARIDAGI AVARIYALARNING OLDINI OLISH VA ULARNI TEZKOR BARTARAF ETISH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDA ISSIQLIK TA’MINOTI TIZIMINI KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORLASH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
“BELTEPA” MAHALLASIDA KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
PARLAMENT KOMISSIYASI GRANT TANLOVLARI G‘OLIBLARINI TASDIQLADI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATI TOSHPO‘LAT MATIBAYEV 2026-YILNING UCHINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
INKLYUZIV TA’LIM — HAR BIR BOLA UCHUN TENG IMKONIYAT VA MUNOSIB SHAROIT

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️INKLYUZIV TA’LIM — HAR BIR BOLA UCHUN TENG IMKONIYAT VA MUNOSIB SHAROIT

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nodira Egamberdiyeva tomonidan deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida Shayxontohur tumanidagi 84-sonli umumta’lim maktabida inklyuziv ta’limni tashkil etish holati joyiga chiqib o‘rganildi.

🤝 O‘rganishda Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi deputatlari U. Sobirov, M. Valiyeva, tuman Kengashi kotibiyati mudiri N. Karimov, maktab rahbariyati hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

🔺 O‘rganish davomida maktabda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning sifatli ta’lim olishi, ta’lim jarayonida faol ishtirok etishi, tengdoshlari bilan birgalikda bilim olishi hamda ijtimoiy muhitga moslashuvi uchun amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

🔎 Xususan, maktab infratuzilmasining o‘quvchilar ehtiyojlariga mosligi, ta’lim jarayonining tashkil etilishi, bolalarga individual yondashuv, psixologik-pedagogik ko‘mak ko‘rsatish hamda barcha o‘quvchilar uchun qulay, xavfsiz va teng imkoniyatlarga asoslangan ta’lim muhitini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📋 Deputat Nodira Egamberdiyeva maktab rahbariyati va pedagoglar bilan muloqot qilib, inklyuziv ta’limni tashkil etishda uchrayotgan masalalar, mavjud ehtiyojlar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Mutasaddilarning takliflari tinglanib, ta’lim sifatini yanada oshirish yuzasidan fikr almashildi.

💡 Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining 24 ta muhim yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalari bilan uyg‘un ravishda olib borildi. Jumladan, umumta’lim maktablaridagi shart-sharoitlar va mavjud infratuzilma, bolalar uchun sport inshootlari va sport anjomlarining holati, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda ularga belgilangan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi masalalariga e’tibor qaratildi.

📉 Ta’kidlanganidek, inklyuziv ta’limni rivojlantirish faqat alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun sharoit yaratish bilan cheklanmaydi. Bu har bir bolaning ta’lim olish huquqini ta’minlash, uning qobiliyatini ro‘yobga chiqarish, jamiyat hayotida faol ishtirok etishi va mustaqil hayotga tayyorlanishi uchun teng imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

📋 O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda bartaraf etish, mavjud shart-sharoitlarni yanada yaxshilash hamda inklyuziv ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

✅ 84-sonli umumta’lim maktabida inklyuziv ta’limni rivojlantirish va o‘quvchilar uchun munosib shart-sharoitlarni ta’minlash bilan bog‘liq masalalar deputat Nodira Egamberdiyeva tomonidan deputatlik nazoratiga olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4