Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashi 22-“Hamzaobod” okrugidan saylangan deputat, "Ekologik" partiyasi a’zosi Ismoil Masaliyev, tuman hokimligi Ijro intizomi bo'yicha mutahasisi F Omonov hamkorligida o‘z saylov okrugidagi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida deputatning 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari, saylovchilar murojaatlari bilan ishlash, hududdagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimi bo‘yicha olib borilgan faoliyat yuzasidan axboroti tinglandi.
Shuningdek, saylovchilar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar muhokama qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. Fuqarolar bilan ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda aholi manfaatlarini ta’minlash, hududni rivojlantirish va mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha fikr almashildi.
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇
https://www.instagram.com/oqqorgon_tumani_kengashi?igsh=MTF2OXl1em8yeGZ0Yg==