35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“OBODONLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” DOIRASIDA YALANG‘OCH MAHALLASIDA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
“OBODONLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” DOIRASIDA “IFTIXOR” MAHALLASIDAGI HOLAT O‘RGANILDI
янв.21
“OBODONLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” DOIRASIDA “ADOLAT” MAHALLASIDA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
“OBODONLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” DOIRASIDA YUNUSOBOD TUMANIDA O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
Ahrorxon Xoshimxonov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
31-OLIM XO‘JAYEV SAYLOV OKRUGIDA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
30-KOMOLON SAYLOV OKRUGIDA XOTIN-QIZLAR MASALALARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARI DOIRASIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR O‘TKAZILDI
янв.21
Mirobod tumanidagi avtobus bekatlari holati deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
Hudud obodligi va ko‘p qavatli uylar atrofidagi holat — e’tiborda

Tashrif davomida mahalla hududidagi ko‘p qavatli uylar atrofi, ichki yo‘laklar, umumiy foydalanish hududlari hamda tutash maydonlarning bugungi holati ko‘zdan kechirildi.

Hududning sanitariya-obodonlashtirish holati, yashil maydonlarni asrash va ko‘kalamzorlashtirish, ko‘p qavatli uylar atrofini tartibli saqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Mazkur tadbir mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida tashkil etilib, hududlarda obodonlashtirish ishlarini tizimli nazorat qilish, aniqlangan muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda fuqarolar uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan.

Deputatlik nazorati davomida mahalla faollari va mas’ullar bilan hamkorlikni kuchaytirish, hudud obodligini ta’minlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Obod mahalla — farovon hayot garovi!

Slide 1 of 5