35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Akilov Xabibullaga Xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyati doirasida transport, investitsiyalar, valyuta va turizm sohalariga oid quyidagi muhim qonun biriktirilgan:
янв.21
Umid Sanakulovga Xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyati doirasida transport, investitsiyalar, valyuta va turizm sohalariga oid quyidagi muhim qonunlar biriktirilgan:
янв.21
Iftixor Ziyoyevga Xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyati doirasida transport, investitsiyalar, valyuta va turizm sohalariga oid quyidagi muhim qonunlar biriktirilgan:
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 33-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN MIROBOD DEHQON BOZORI OLDIDAGI FAVVORALAR YANA ISHGA TUSHDI
янв.21
AHOLI MUROJAATI DEPUTATLAR ARALASHUVI NATIJASIDA IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Murodxon Jo‘rayev 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Suhrob Saifnazarovga Xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyati doirasida transport, investitsiyalar, valyuta va turizm sohalariga oid quyidagi muhim qonunlar biriktirilgan:
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
“DOLZARB-40 KUNLIK” DOIRASIDA KO‘KCHA DARVOZA MAHALLASIDAGI DOLZARB MASALALAR JOYIDA O‘RGANILDI
AVLOD MAHALLASINING KELAJAKDAGI RIVOJI UCHUN MUHIM TASHABBUS

 AVLOD MAHALLASINING KELAJAKDAGI RIVOJI UCHUN MUHIM TASHABBUS

✅ Tog‘li hududlarda istiqomat qilayotgan aholining turmush sharoitini yanada yaxshilash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va hududni uzoq muddatli rivojlantirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.

✅ Shu maqsadda xalq deputatlari Boysun tumani Kengashi deputati Tursunqulov Fayzidin Nusratilloyevich tomonidan Boysun tumani hokimi o‘rinbosari Y.X. Jo‘rayev nomiga “Tog‘li hududda joylashgan Avlod mahallasining 2027–2037-yillarga mo‘ljallangan kompleks rivojlantirish dasturini ishlab chiqish to‘g‘risida” deputatlik so‘rovi yo‘llandi.

✅ Mazkur tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad — mahallani faqat bugungi muammolarni bartaraf etish bilan cheklanib qolmasdan, kelgusi 10 yil uchun aniq rivojlanish strategiyasiga ega hududga aylantirishdir.

✅ So‘nggi yillarda mahallada ichki yo‘llar, ichimlik suvi, elektr energiyasi, suyultirilgan gaz ta’minoti, ta’lim muassasalari va boshqa ijtimoiy yo‘nalishlarda aholining murojaatlari asosida qator ishlar amalga oshirilgan.

✅ Endilikda esa mavjud natijalarni keyingi bosqichga olib chiqish, hududning tabiiy va iqtisodiy imkoniyatlaridan samarali foydalanish zarur.

✅ Deputatlik so‘rovida Avlod mahallasining 2027–2037-yillarga mo‘ljallangan kompleks rivojlantirish dasturini ishlab chiqish taklif etilgan. Bunda aholining kelgusi ehtiyojlari, hududning iqtisodiy salohiyati, yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari hamda infratuzilmani rivojlantirish istiqbollari alohida belgilanishi ko‘zda tutilgan.

✅ Ayniqsa, aholi bandligi va daromad manbalarini kengaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratish taklif etilmoqda. Xonadonbay o‘rganish asosida aholining imkoniyatlarini aniqlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish hamda mahalliy sharoitga mos kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarini tashkil etish kelgusida aholi daromadlarini oshirishga xizmat qilishi mumkin.

✅ Tog‘li hududning tabiiy imkoniyatlaridan foydalanish ham muhim yo‘nalishlardan biridir. Xususan, ichki turizm imkoniyatlarini o‘rganish, tabiiy obyektlarni asrash va ulardan samarali foydalanish hamda aholi uchun qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish nazarda tutilgan.

✅ Shuningdek, tog‘li hududning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, sel va ko‘chki kabi tabiiy xavflarning oldini olish bo‘yicha ham aniq choralarni belgilash taklif etilmoqda. Buning uchun sel yo‘llari va xavfli hududlarni o‘rganish, ko‘chki xavfi mavjud joylarni aniqlash hamda profilaktik chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish muhim.

✅ Deputatlik so‘rovida, shuningdek, mahallada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor loyihalar ro‘yxatini shakllantirish va ularni tegishli davlat dasturlariga kiritish masalasini ko‘rib chiqish taklif etilgan.

✅ Bu tashabbusning ahamiyati shundaki, mahalla muammolari faqat murojaatlar asosida birma-bir hal etilib qolmay, balki hududning 10 yillik istiqboli oldindan belgilab olinadi.

✅ Bugun yo‘l, suv yoki elektr masalasini hal qilish qanchalik muhim bo‘lsa, ertangi kun uchun ish o‘rinlari, daromad manbalari, yoshlar bandligi, turizm, tadbirkorlik va tabiiy xavflarning oldini olish masalalarini ham oldindan rejalashtirish shunchalik muhimdir.

✅ Mazkur tashabbus amalga oshirilishi natijasida tog‘li hududda yashovchi aholining turmush sharoitlarini yaxshilash, yoshlarning kelajagini ta’minlash va Avlod mahallasining mavjud salohiyatidan samarali foydalanish uchun mustahkam zamin yaratilishi kutilmoqda.

Eng muhimi, bugungi muammoni emas, ertangi ehtiyojni oldindan ko‘ra bilish — deputatlik faoliyatining amaliy natijadorligini yanada oshiradi.

Slide 1 of 4