Ushbu doirada mas’ullar xonadonma-xonadon yurib, fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi. Muloqotlarning asosiy maqsadi — «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish hamda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbirlar davomida deputat D.Abulqosimova va soha mutaxassislari mahalla institutining jamiyat hayotidagi o‘rni, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish tizimidagi huquq va majburiyatlari hamda mahallada ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishda aholi ishtirokining ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Shuningdek, xonadonbay o‘rganishlar davomida fuqarolarni qiynayotgan muammolar tinglanib, ularni joyida hal etish va tegishli tashkilotlar orqali yechim topish choralari belgilandi. Aholi bilan bevosita muloqotga asoslangan bunday targ‘ibot tadbirlari fuqarolarning huquqiy bilimlarini boyitish bilan birga, deputat va saylovchilar o‘rtasidagi ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.