Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari tomonidan oʻz saylov okruglari hududida joylashgan ta’lim muassasalarining 2026-2027 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda umumiy sanitar-gigiyena talablariga rioya etilishi yuzasidan izchil nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Keng koʻlamli oʻrganishlar doirasida shahar Kengashi deputati Zuhra Pulatova "Doʻstlik" mahallasi hududida joylashgan 12-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida boʻlib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
❄️ Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Isitish tizimining shayligi va bino issiqlik saqlash imkoniyatlari;
🧹 Obodonlashtirish va tozalik: Muassasa binosining tashqi koʻrinishi, hududdagi obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari hamda sanitar holat;
🍎 Shart-sharoitlar va ta’minot: Tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan qulayliklar, guruh xonalari va oshxona holati;
📚 Pedagogik salohiyat: Mashgʻulotlarning sifat darajasi va pedagog xodimlarning bilim saviyasi.
Oʻrganish natijalariga koʻra, 12-sonli MTTda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va umumiy xoʻjalik ishlari yaxshi darajada tashkil etilgani aniqlandi. Shuningdek, aniqlangan ayrim kichik kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish boʻyicha mas’ullarga tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.
📌 Ma’lumot oʻrnida: Mazkur deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish va nazorat tadbirlarini muvofiqlashtirish shahar Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi Muhriddin Begmatov tomonidan amalga oshirilmoqda.