35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Zulfiya Mo‘minova 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
MAJID TAXIROV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
янв.21
“DOLZARB-40 KUNLIK” DOIRASIDA MAHALLALARDAGI MUAMMOLAR DEPUTATLIK NAZORATI ASOSIDA O‘RGANILDI
янв.21
SOG‘LOM AVLOD — SOG‘LOM KELAJAK: “JO‘RABEK” MAHALLASIDAGI YANGI SPORT MAYDONCHASI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATI ASOSIDA AVTOBUS BEKATLARI HOLATI DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
Bektemir tumanida 26-sonli avtobus yo‘nalishi uchun maxsus turargoh tashkil etish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
“DOLZARB 40 KUN”: YASHNOBODDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI IZCHIL DAVOM ETMOQDA
янв.21
“DOLZARB-40 KUNLIK”: UCHTEPA MAHALLASIDAGI ISHLAR DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Mirjalol Qosimov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
“DOLZARB 40 KUNLIK” DOIRASIDAGI OBODONLASHTIRISH ISHLARI DEPUTAT E’TIBORIDA
Maktabgacha ta'lim tashkiloti binosining holati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 11-"Chekmirzaobod" saylov okrugi deputati A.Sirojiddinov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Raximjonov hamda O‘zLiDeP Bag‘dod tuman Kengashi apparat rahbari R.Yegitaliyevlar tomonidan "Chekmirzaobod" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 41-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida muassasaning 1978-yilda qurilgani va 120 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lishiga qaramay, ayni paytda 210 nafar tarbiyalanuvchiga ta'lim-tarbiya berilayotgani qayd etildi. Shuningdek, uzoq yillardan buyon foydalanib kelinayotgan eshik va deraza romlarining eskirgani hamda bolalar ayvonchalarining ta'mirtalab holatga kelgani aniqlandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha muassasada mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, bino infratuzilmasini yaxshilash va tarbiyalanuvchilar uchun yanada qulay hamda xavfsiz sharoitlarni yaratish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqilib, mazkur masalalar deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 6