Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati N.Mo’minov tomonidan aholi murojaatlari va mavjud muammolarni o’rganish maqsadida ko’chama-ko’cha, uyma-uy yurib o’rganish ishlari olib borildi.
O’rganish davomida fuqarolarni qiynayotgan masalalar tinglanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechimlar ishlab chiqilishi ta’kidlandi.
✅ Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish va ularning muammolariga yechim topish – deputatlik faoliyatining ustuvor yo’nalishlaridan biridir.