Xususan, ko‘p qavatli uy-joylarning tashqi fasadlari ta’mirlanib, zamonaviy ko‘rinish kasb etmoqda. Shuningdek, yashil hududlarni kengaytirish, manzarali daraxt va butalar ekish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Mazkur bunyodkorlik ishlari mahalla qiyofasini yanada obod etish, ekologik muhitni yaxshilash, aholiga qulay va shinam yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qilmoqda.