35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat Vasila Alimova inson huquqlari va bola huquqlariga bag‘ishlangan seminar-treningda ma’ruza qildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi orqali Mirobod tumanidagi ichki yo‘llar va bolalar maydonchalari masalalari ko‘tarildi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomovga Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiya faoliyati doirasida bank va kredit sohasiga oid quyidagi qonunlar biriktirilgan:
янв.21
Bahrom Abduxalimov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Toʻlqin Teshaboyevga Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiya faoliyati doirasida bank va kredit sohasiga oid quyidagi qonunlar biriktirilgan:
янв.21
Ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlashda parlament va deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Katta Qo‘yliq mahallasidagi jamoat tartibi va xavfsizlik masalalari yuzasidan deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 937-sonli Qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar mavzusida matbuot tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Yangihayot tumanidagi yo‘l harakati xavfsizligi masalasi yuzasidan deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi
YUNUSOBOD TUMANIDA NAVBATDAGI FUQORILAR QABUL O‘TKAZILDI
Yunusobod tumani hokimligi hamda tuman Xalq qabulxonasi hamkorligida fuqarolar uchun qabul tashkil etildi. Mazkur qabulda Yunusobod tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Abrorxo‘ja Saidaliyev, hokim o‘rinbosarlari, tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda mahalla faollari ishtirok etishdi.

🖋 Qabul davomida 40 ga yaqin fuqarolarning turli sohalardagi muammolari va takliflari tinglandi. Murojaatlarning asosiy qismi quyidagi masalalarga qaratildi:
🫥 Kommunal soha: Elektr energiyasi, isitish tizimi, ichimlik suvi va kanalizatsiya masalalari.
🫥 Ijtimoiy himoya: Kam ta’minlangan oilalar uchun imtiyozlar, moddiy yordam va subsidiyalar ajratish.
🫥 Iqtisodiy imkoniyatlar: Ishga joylashtirish, imtiyozli kreditlar va tadbirkorlikni boshlash uchun ko‘mak.
🫥 Huquqiy va maishiy masallar: Uy-joy ta’miri, hujjatlashtirish va mulk huquqiga oid arizalar.

✅ Tuman hokimi har bir fuqaro murojaatini atroflicha o‘rganib, mas’ul mutasaddilarga qonun doirasida hal etish bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalarini berdi hamda barcha masalalarning ijrosini shaxsan nazoratiga oldi.
Slide 1 of 4