🇺🇿Pastdarg‘om tumanida har haftaning chorshanba kuni anʼanaviy tarzda tadbirkorlarning muammolarini o‘rganish va ularga yaqindan ko‘maklashish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Navbatdagi o‘rganishlar doirasida tuman hokimi J.Pardayev hududdagi bir qator sanoat va ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini ko‘zdan kechirdi.
🏙Dastlab, “FORTUNA URGUT MEDIСAL” MCHJga qarashli tibbiy buyumlar va dori vositalari ishlab chiqaruvchi korxona faoliyati bilan tanishildi.
➕Yiliga 200 ming dona shifobaxsh yog‘lar, 50 ming dona suyuq sovun, 100 ming dona antiseptik vositalar, 50 ming dona sprinsovka, 2 million dona leykoplastir mahsulotlari hamda 400 ming dona turli siroplar ishlab chiqarish quvvatiga ega.
🏙So‘ng O‘rta Charxin mahallasidagi “Elektrta‘mir” MCHJ korxonasining elektr dvigatel va motorlarni taʼmirlashni tashkil etish faoliyati o‘rganildi.