35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Katta Qo‘yliq mahallasidagi jamoat tartibi va xavfsizlik masalalari yuzasidan deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 937-sonli Qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar mavzusida matbuot tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Yangihayot tumanidagi yo‘l harakati xavfsizligi masalasi yuzasidan deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Yakkasaroy tumanidagi elektr ta’minoti va xavfsizlik masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Yong‘indan jabr ko‘rgan fuqarolar holidan xabar olindi
янв.21
Turizm sohasini jadal rivojlantirish orqali uning iqtisodiyotdagi ahamiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Birlamchi tibbiy xizmat sifati va muassasa infratuzilmasi deputat e’tiborida
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ulugʻbek Ziyodullayevga Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiya faoliyati doirasida bank va kredit sohasiga oid quyidagi qonunlar biriktirilgan:
янв.21
Xo‘ja Uchqun mahallasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash – inson qadrini ulug‘lashning muhim mezoni

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash – inson qadrini ulug‘lashning muhim mezoni

O‘zbekiston Respublikasining "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi Qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 22-iyulda qabul qilingan hamda Senat tomonidan 2020-yil 11-sentabrda ma’qullangan.


Mazkur Qonun nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va erkinliklarini kafolatlash, ularning jamiyat hayotining barcha sohalarida teng va to‘laqonli ishtirok etishini ta’minlash, kamsitilishining oldini olish hamda davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlashning huquqiy asoslarini belgilaydi.

Qonunga muvofiq, nogironligi bo‘lgan shaxslar:

💠 ta’lim olish va kasb-hunar egallash;
💠 mehnat qilish va munosib ish o‘rinlariga ega bo‘lish;
💠 sifatli tibbiy xizmat hamda reabilitatsiya vositalaridan foydalanish;
💠 ijtimoiy himoya, nafaqa va boshqa davlat kafolatlaridan foydalanish;
💠 davlat organlari, transport, axborot-kommunikatsiya tizimlari hamda ijtimoiy infratuzilma obyektlaridan to‘siqsiz foydalanish huquqlariga ega.

Shuningdek, qonunda nogironligi bo‘lgan shaxslarning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, ularga nisbatan har qanday kamsitish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, qulay va inklyuziv muhit yaratish davlat hamda jamiyatning ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilangan.

Bugungi kunda mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, zamonaviy ta’lim va tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, ularning jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun zarur sharoitlar yaratish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Har birimiz nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini hurmat qilish, ularga nisbatan mehr-oqibat va e'tibor ko‘rsatish orqali yanada inklyuziv va adolatli jamiyatni barpo etishga o‘z hissamizni qo‘shamiz.