35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xo‘ja Uchqun mahallasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
"Imkoniyat cheklanmagan" – iste’dod va matonat e’tirof etildi
янв.21
Saidmurod Ismailov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Shayxontohur tumanida jamoat transporti infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Uchtepadagi mahalla arkalari qurilishini yakunlash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Deputat ishtirokida fuqarolar bilan ochiq huquqiy muloqot o‘tkazildi
янв.21
Qoziguzar mahallasida yomg‘ir suvlari toshqini muammosi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Maktabgacha ta’lim sifati va bolalar uchun yaratilgan sharoitlar deputat e’tiborida
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari X.Suvonov, D.Egamqulova hamda Kengash kotibiyati mudiri N.Turdiyev tomonidan A.Navoiy mahalla fuqarolar yig‘inida “Mahallada obodlik va mehr-saxovat” oyligi doirasida xonadonma-xonadon yurilib, hududdagi obodonlashtirish va sanitariya holati o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida ayrim xonadonlarda obodonlashtirish va sanitariya talablariga to‘liq rioya etilmayotgani, hovli hamda ko‘cha oldi hududlarida bartaraf etilishi lozim bo‘lgan kamchiliklar mavjudligi aniqlandi.

Shuningdek, fuqarolar bilan o‘tkazilgan muloqotlarda xonadon va ko‘cha oldi hududlarini ozoda saqlash, sanitariya qoidalariga amal qilish hamda obod va namunali mahalla barpo etishda har bir fuqaroning mas’uliyati muhim ekani ta’kidlandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 5