Yig‘ilishda kotibiyat faoliyati samaradorligini oshirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda ijro intizomini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, hafta davomida ish reja asosida belgilangan vazifalarning ijrosi tahlil qilinib, yangi haftada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Ijtimoiy tarmoqlarda deputatlar faoliyatini tezkor va sifatli yoritish, topshiriqlar ijrosini doimiy nazorat qilish yuzasidan mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta'minlash bo‘yicha aniq topshiriqlar belgilandi.