35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi orqali Shayxontohur tumanidagi elektr ta’minoti muammosi nazoratga olindi
янв.21
Uchtepa tumanidagi bolalar maydonchasini rekonstruksiya qilish masalasi yuzasidan deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Vazifalar ijrosi — mahallalardagi ochiq muloqotlar markazida
янв.21
Deputat Luiza Hikmatova mahalla yettiligi bilan uchrashib, hududdagi ustuvor vazifalarni muhokama qildi
янв.21
Otabek Jiyanboyevning "Saylovchilar deputatdan rozimi?" mavzusidagi maqolasi bilan tanishing.
янв.21
Deputat Vasila Alimova inson huquqlari va bola huquqlariga bag‘ishlangan seminar-treningda ma’ruza qildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi orqali Mirobod tumanidagi ichki yo‘llar va bolalar maydonchalari masalalari ko‘tarildi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomovga Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiya faoliyati doirasida bank va kredit sohasiga oid quyidagi qonunlar biriktirilgan:
янв.21
Bahrom Abduxalimov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Toʻlqin Teshaboyevga Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiya faoliyati doirasida bank va kredit sohasiga oid quyidagi qonunlar biriktirilgan:
Deputat tomonidan suv nasosini ta’mirlash masalasi o'rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 4-"Oq oltin" saylov okrugi deputati F.Mamajonov tomonidan “Aziz tepa” mahalla fuqarolar yig‘inida belgilangan reja-jadval asosida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan “Aziz tepa” ko‘chasiga Qo‘qon shahar Suvoqava bo‘limi tomonidan o‘rnatilgan suv nasosini ta’mirlash masalasi yuzasidan murojaat bildirildi. Ta’kidlanishicha, mazkur nasosning nosozligi hudud aholisini uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlashda qator noqulayliklarni yuzaga keltirmoqda.

Mazkur murojaat deputat tomonidan nazoratga olinib, suv nasosini qisqa muddatlarda ta’mirlash hamda uning barqaror faoliyatini tiklash yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha kelishib olindi.

Uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda bosh mutaxassisi A.Adhamovlar tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 7