35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Olmazor tumanida manzillar bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Aziz Ibragimov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi
янв.21
#Mirziyoyev
янв.21
Yakkasaroyda zamonaviy bolalar maydonchalari barpo etilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan 39-Minor saylov okrugida zamonaviy bolalar va sport maydonchalari barpo etilmoqda
янв.21
Inomjon Majidov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Xalq deputatlari Sergeli tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Deputat boshchiligida ezgu hashar ishlari amalga oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 5-Quruvchi saylov okrugi deputati A.Isakulov tashabbusi bilan Paxtakor tumani Samarqand MFYda istiqomat qiluvchi yolg‘iz keksalar xonadonida hashar va obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.

Hashar davomida hovli va tomorqalar begona o‘tlardan tozalanib, hudud obodonlashtirildi, daraxtlar parvarish qilinib, xonadon atrofi tartibga keltirildi. Shuningdek, nuroniy otaxon va onaxonlar holidan xabar olinib ular bilan samimiy suhbat o‘tkazildi hamda bayram arafasida ularga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatildi.

Bunday ezgu tashabbuslar jamiyatimizda mehr-oqibat inson qadrini ulug‘lash va mahallalarda hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

🇺🇿 Yurtimiz tinchligi, mahallalarimiz obodligi va keksalarimiz duosi – eng katta boyligimizdir!

Slide 1 of 5