Yotoqxona hududini obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari D. Arabova hamda J. To‘rayev tomonidan umumiy yotoqxona atrofida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida hududni obod va ozoda saqlash, ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya-tozalikni ta’minlash hamda piyodalar harakati uchun yaratilgan sharoitlar baholandi. Deputatlar tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini sifatli va izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.
Mazkur deputatlar faoliyatini muvofiqlashtirish ishlari Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Z. Temirova mas'ulligida olib borilmoqda.
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi axborot xizmati