#XAFTALIK_ISH_REJA_IJROSI
Mirzo Ulug‘bek mahallasi mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati M. Salimova hamda shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N. Nazarova tomonidan Mirzo Ulug‘bek mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
✅O‘rganish davomida mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash holati, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, profilaktik tadbirlarning tashkil etilishi hamda hududni obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, ayrim yo‘nalishlarda kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Xususan, fuqarolar murojaatlarining ijrosini nazorat qilish va hujjatlarni yuritishda ayrim kamchiliklar kuzatildi, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
✅Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mahalla mas'ullariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi hamda ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.