35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yunusoboddagi mahalla kutubxonasi faoliyatini rivojlantirish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Olmazor tumanida manzillar bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Aziz Ibragimov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi
янв.21
#Mirziyoyev
янв.21
Yakkasaroyda zamonaviy bolalar maydonchalari barpo etilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan 39-Minor saylov okrugida zamonaviy bolalar va sport maydonchalari barpo etilmoqda
янв.21
Inomjon Majidov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
Davlat xizmatlar markazi va FHDYo bo‘limi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari M.Mirabdullayev va Y.Xolmurotov tomonlaridan aholiga davlat xizmatlarini sifatli va tezkor ko‘rsatish holatini o‘rganish maqsadida Davlat xizmatlari markazi hamda Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) bo‘limida deputatlik nazorati tartibida o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida Davlat xizmatlari markazida aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi, elektron navbat tizimi, xizmat ko‘rsatish tezkorligi, kutish joylarida yaratilgan sharoitlar hamda fuqarolarga qulayliklar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, xizmatlardan foydalanishda raqamli texnologiyalar va interaktiv davlat xizmatlaridan samarali foydalanish holati ham tahlil qilindi.

Deputat markaz xodimlari bilan muloqot qilib, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida va qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat ko‘rsatish madaniyatini yanada yuksaltirish hamda fuqarolarning davlat xizmatlaridan rozilik darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

FHDYo bo‘limida tug‘ilish, nikoh tuzish, nikohdan ajralish, o‘lim va boshqa fuqarolik holati dalolatnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlari, arxiv hujjatlarini yuritish, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berish hamda xizmatlarning qonunchilik talablari asosida tashkil etilganligi ko‘rib chiqildi.

Slide 1 of 4