Xo‘jabargi MFYdagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Sh. Isamutdinov hamda Kengash kotibiyati mutaxassisi I. Ikromov Xo‘jabargi MFY hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini joyiga chiqib o‘rgandi.
O‘rganish davomida hududning sanitariya holati, ko‘chalar ozodaligi, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mahalla faollari va fuqarolar bilan muloqot qilinib, mavjud masalalar hamda takliflar tinglandi.
Aniqlangan vazifalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, hududni yanada obod va qulay maskanga aylantirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish belgilandi.
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi axborot xizmati