35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan 39-Minor saylov okrugida zamonaviy bolalar va sport maydonchalari barpo etilmoqda
янв.21
Inomjon Majidov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Xalq deputatlari Sergeli tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
📸 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi jarayonlaridan fotolavhalar
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Kudratxodjayeva Malika Baxramovnaning hisobati deputatlar tomonidan tinglanib muhokama qilindi.
янв.21
Davlatov Ilxomjon G‘ulomjonovichning hisoboti deputatlar tomonidan o'rganilib atroflicha muhokama qilinmoqda.
янв.21
Sotvoldiyev Nodir Abduvoxodovichning hisoboti deputatlar tomonidan atroflicha ko'rib chiqilmoqda.
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining 2026-yil 1-yarim yillik faoliyati: murojaatlar bilan ishlash natijalari

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining 2026-yil 1-yarim yilligi davomida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash yo‘nalishida tizimli va manzilli ishlar amalga oshirildi.

📌 Tahlil natijalariga ko‘ra, tuman Kengashi deputatlariga fuqarolar tomonidan 450 ta murojaat kelib tushgan.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra:

✅ 360 ta murojaat (80 foiz) ijobiy hal etildi;

ℹ️ 65 ta murojaat (14,4 foiz) bo‘yicha fuqarolarga qonunchilik asosida tushuntirish va huquqiy izohlar berildi;

⏳ 25 ta murojaat (5,5 foiz) hozirda tegishli tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqish jarayonida.

🤝 Fuqarolar murojaatlarining asosiy qismi ichimlik suvi, yo‘l infratuzilmasi, elektr va gaz ta’minoti, ijtimoiy yordam, bandlik, ta’lim va sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq masalalarni qamrab oldi.