35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📸 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi jarayonlaridan fotolavhalar
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Kudratxodjayeva Malika Baxramovnaning hisobati deputatlar tomonidan tinglanib muhokama qilindi.
янв.21
Davlatov Ilxomjon G‘ulomjonovichning hisoboti deputatlar tomonidan o'rganilib atroflicha muhokama qilinmoqda.
янв.21
Sotvoldiyev Nodir Abduvoxodovichning hisoboti deputatlar tomonidan atroflicha ko'rib chiqilmoqda.
янв.21
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Dusmuhamedov Alisher Ismatillayevich o'z hisobotini taqdim etmoqda.
янв.21
Shukurov Otabek Vaxobjonovich o'z hisobotini taqdim etmoqda.
янв.21
Dilmurod Mirsadikovlar o'z axborotini yig'ilish qatnashchilariga taqdim etmoqda.
янв.21
Orziyev Tolibjon Nazarovich deputatlarga axborot bermoqda
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi 25-sessiyasi jonli efirda bo‘lib o‘tmoqda.
📍 Chekka qishloqdagi madaniyat markazlari deputatlar nazoratida

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 24-Gulshan saylov okrugi deputati Masharipov Izzat Masharipovich hamda 23-Ijtimoiyat saylov okrugi deputati Qo‘shnazarov Dilmurod Dilshod o‘g‘li o‘z saylov okruglarida joylashgan madaniyat markazlari faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif davomida madaniyat markazlarida faoliyat yuritayotgan to‘garaklar, ularning ish samaradorligi, qamrov darajasi hamda aholining madaniyat markazi xizmatlaridan foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, markazlarda tashkil etilgan kutubxonalar faoliyati ham o‘rganildi.
Chekka qishloqlarda kitobxonlikni sevuvchi, san’at va ijodga qiziqadigan yoshlarning ko‘pligi deputatlarda iliq taassurot qoldirdi. Ular bunday maskanlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltirishda muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidladilar.

Slide 1 of 5