35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📸 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi jarayonlaridan fotolavhalar
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Kudratxodjayeva Malika Baxramovnaning hisobati deputatlar tomonidan tinglanib muhokama qilindi.
янв.21
Davlatov Ilxomjon G‘ulomjonovichning hisoboti deputatlar tomonidan o'rganilib atroflicha muhokama qilinmoqda.
янв.21
Sotvoldiyev Nodir Abduvoxodovichning hisoboti deputatlar tomonidan atroflicha ko'rib chiqilmoqda.
янв.21
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Dusmuhamedov Alisher Ismatillayevich o'z hisobotini taqdim etmoqda.
янв.21
Shukurov Otabek Vaxobjonovich o'z hisobotini taqdim etmoqda.
янв.21
Dilmurod Mirsadikovlar o'z axborotini yig'ilish qatnashchilariga taqdim etmoqda.
янв.21
Orziyev Tolibjon Nazarovich deputatlarga axborot bermoqda
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi 25-sessiyasi jonli efirda bo‘lib o‘tmoqda.
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 2-"Shalxar" saylov okrugi deputati K.Narchayev, kotibiyat mudiri M.Kamolova hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

💬Muloqot davomida fuqarolar tomonidan asosan ekologik masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Xususan, hududlar sanitariya holatini yaxshilash, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, atrof-muhitni muhofaza qilish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini kengaytirish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha taklif va mulohazalar tinglandi.

📝 Har bir murojaat tegishli mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni hal etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar nazoratga olinib, ijrosi yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

🌱Atrof-muhitni asrash, ekologik muammolarni bartaraf etish va fuqarolar uchun qulay hamda sog‘lom yashash muhitini yaratish yo‘lidagi bunday ochiq muloqotlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4