23-Yakkatut saylov okrugi deputati Sh. Shodmonovga biriktirilgan mas’ul Kotibiyat xodimi L. Murotova tomonidan saylov okrugi hududidagi Bo‘rijar mahallasida aholi bandligi masalalari o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahalla hududida fuqarolarning bandligini ta’minlash, ishga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, doimiy daromad manbalarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati tahlil qilindi. Shu bilan birga, bandlik yo‘nalishida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqildi.
Mazkur o‘rganish natijalari asosida aniqlangan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.