Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Parlament nazorati amaliyotda: senatorlar uy-joy kommunal xo‘jaligini raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishdi
янв.21
Mahalladagi xavfsizlik masalasi – deputat va senator nazoratida
янв.21
Deputat 131-maktabdagi “90 kunlik tashabbus” doirasidagi sharoitlarni o‘rgandi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan bolalar maydonchalari yanada obod bo‘lmoqda
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuzasidan Yakkasaroy tumanidagi yo‘l harakati xavfsizligi masalasiga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Deputat Jamila Shermuhammedova abituriyentlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishdi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan “Farovon” mahallasida yangi sug‘orish tizimi barpo etiladi
янв.21
Ko‘hna Cho‘pon ota mahallasidagi issiqlik ta’minoti muammosi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
Deputatning xizmatdan tashqari vaqtdagi xulq-atvori va kiyinish odobi

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatlarining Namunaviy odob-axloq qoidalari deputatning nafaqat xizmat faoliyati davomida, balki xizmatdan tashqari vaqtda ham yuksak odob-axloq me'yorlariga rioya etishini belgilaydi.

32-bandga ko‘ra, deputat xizmatdan tashqari vaqtda deputatning yuksak nomiga dog‘ tushiradigan, o‘zining sha'ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga, shuningdek Kengash nufuziga putur yetkazadigan hamda deputatlik vakolatlarini suiiste'mol qilish deb baholanishi mumkin bo‘lgan har qanday xatti-harakatlardan tiyilishi lozim.

Jumladan, deputat:

Jamoat joylarida, shu jumladan kafe, restoran va boshqa ko‘ngilochar maskanlarda o‘zini tutish qoidalariga rioya etishi;

Atrofdagilarning e'tiborini tortuvchi ortiqcha yoki salbiy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi;

Dabdababozlik, shuhratparastlik, guruhbozlik, maishatbozlik, ichkilikbozlik va boshqa salbiy illatlardan yiroq bo‘lishi;

Jamoat tartibi va xavfsizligiga zid harakatlarni sodir etmasligi hamda boshqalarni noqonuniy xatti-harakatlarga undamasligi shart.

Shuningdek, deputat shaxsiy munosabatlarda kamtar, halol, xushmuomala bo‘lishi, fuqarolar va hamkasblar bilan muloqotda hurmat tamoyillariga amal qilishi hamda hech kimga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lmasligi lozim.

33-bandga muvofiq, kundalik turmushda odob normalariga rioya etish deputat odob-axloq qoidalarining ajralmas qismi hisoblanadi.

Deputat kiyinish madaniyatida sipolik va kamtarlikni namoyon etishi, ayniqsa deputatlik vakolatlarini amalga oshirish chog‘ida o‘ta dabdabali kiyim-bosh kiymasligi, ortiqcha bezaklar va e'tiborni tortuvchi aksessuarlardan foydalanmasligi tavsiya etiladi.