Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat sayyor qabulida mahallalardagi dolzarb muammolar muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zosi Nasrullayev Baxtiyor Fayzulla o‘g‘li Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida o‘z takliflarini bildirdi
янв.21
Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Parlament nazorati amaliyotda: senatorlar uy-joy kommunal xo‘jaligini raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishdi
янв.21
Mahalladagi xavfsizlik masalasi – deputat va senator nazoratida
янв.21
Deputat 131-maktabdagi “90 kunlik tashabbus” doirasidagi sharoitlarni o‘rgandi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan bolalar maydonchalari yanada obod bo‘lmoqda
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuzasidan Yakkasaroy tumanidagi yo‘l harakati xavfsizligi masalasiga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
Veterinariya sohasi bo‘yicha sessiya oldi o‘rganishlar davom etmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘ining hisoboti kiritilganligi munosabati bilan deputatlar hamda kotibiyat mas’ullari tomonidan joylarda sessiya oldi o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E. Turayev Qorasuv mahallasida fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurib, veterinariya xizmatlari amaliyoti bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida chorva mollarini ro‘yxatga olish, veterinariya pasportlarini yuritish hamda xizmatlar ko‘rsatilish holati o‘rganilib, mavjud masalalar yuzasidan fuqarolar fikrlari tinglandi.

Aniqlangan holatlar bo‘yicha veterinariya sohasini yanada takomillashtirish, xizmatlar sifatini oshirish hamda aholi murojaatlarini tezkor hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2