Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi V. Ro‘ziyev 13-Amir Temur saylov okrugiga qarashli “Katta Nayman” MFYda bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-298-sonli qarori doirasida amalga oshirilayotgan mahalla infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosi bilan tanishdi.
Mazkur qaror asosida “Katta Nayman” MFY uchun ishlab chiqilgan master-rejaga muvofiq umumiy qiymati 5 mlrd so‘mlik bir qator muhim obyektlar va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish belgilangan.
400 mln so‘m — mahalla guzari binosini rekonstruksiya qilish;
150 mln so‘m — Markaziy-2 ko‘chasidan o‘tgan Anbar Otin ko‘chasining 1,0 km qismida sog‘lomlashtirish yo‘lakchasi barpo etish;
4 mlrd 450 mln so‘m — 6 km asfalt yotqizish, 80 dona tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish, tarixiy obidani ta’mirlash, elektr ta’minoti yaxshilash kabi.
Ushbu ishlarni borishi bilan tanishdi.