Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Parlament nazorati amaliyotda: senatorlar uy-joy kommunal xo‘jaligini raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishdi
янв.21
Mahalladagi xavfsizlik masalasi – deputat va senator nazoratida
янв.21
Deputat 131-maktabdagi “90 kunlik tashabbus” doirasidagi sharoitlarni o‘rgandi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan bolalar maydonchalari yanada obod bo‘lmoqda
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuzasidan Yakkasaroy tumanidagi yo‘l harakati xavfsizligi masalasiga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Deputat Jamila Shermuhammedova abituriyentlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishdi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan “Farovon” mahallasida yangi sug‘orish tizimi barpo etiladi
янв.21
Ko‘hna Cho‘pon ota mahallasidagi issiqlik ta’minoti muammosi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
Deputat muammoli masalani joyiga chiqib o‘rgandi va ijobiy hal etdi

Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi 12-sonli "Aspantay" saylov okrugidan (O‘zLiDeP) saylangan deputat G.Jumanazarova fuqarolarning murojaatlariga asosan "Aspantay" suv yetkazib beruvchi stansiyasida bo‘lib, u yerda olib borilayotgan ishlar hamda ichimlik suvi ta'minoti holati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida saylovchilar tomonidan yozning issiq kunlarida ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyoj keskin ortayotgani, shu sababli stansiyaning ish vaqtini ertalab va kechki soatlarda uzaytirish bo‘yicha taklif va murojaatlar bildirildi.
Mazkur murojaat deputat tomonidan joyida mas'ullarga bog’lanib ko‘rib chiqildi hamda fuqarolarning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, "Aspantay" suv yetkazib beruvchi stansiyasining ish vaqti ertalabki va kechki soatlarda uzaytirilishi orqali aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash masalasi ijobiy hal etildi.
Deputat tomonidan bundan buyon ham fuqarolar murojaatlariga tezkor munosabat bildirish, hududdagi mavjud muammolarni joyiga chiqib o‘rganish va ularni amaliy hal etish ishlari izchil davom ettirilishi ta'kidlandi.

Slide 1 of 2