Chiqindilarni belgilangan tartibda bartaraf etish holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Sh. Isamutdinov hamda Kengash kotibiyati mutaxassisi I. Ikromov tomonidan Mirzo Ulug‘bek mahalla fuqarolar yig‘inidagi sanitariya holati, xususan, chiqindilarni to‘plash, saqlash va olib chiqish jarayonlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida hududdagi chiqindilarni belgilangan tartibda bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish hamda sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, chiqindilarni faqat belgilangan joylarga tashlash va hudud tozaligini saqlash yuzasidan aholi o‘rtasida tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib borish zarurligi qayd etildi.
Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, belgilangan vazifalar ijrosi kuzatuvga olindi.
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi axborot xizmati