Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Shek Natalya Andreyevna hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Gulnora Tursunova Nazarbek hududida joylashgan mahallalar aholisi bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdilar.
🔰Uchrashuv davomida fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, ijtimoiy muhofaza, bandlik, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalariga oid masalalar muhokama qilindi.
🔰 Aholi o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va murojaatlarini bevosita deputatlarga yetkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
🔰Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda o‘tib, aholi vakillari o‘z fikr-mulohazalari va tashabbuslarini erkin bayon etdilar. Bunday ochiq muloqotlar davlat organlari bilan aholi o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlash, joylarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.