Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘rganish jarayonidan fotolavhalar
янв.21
O‘rganishlarning yakuniy manzili – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent shahar Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi
янв.21
O‘rganishlarning navbatdagi manzili – Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi
янв.21
O‘rganishlarning navbatdagi manzili – Toshkent shahar 2-tumanlararo Perinatal markazi akusherlik qabul bo‘limi
янв.21
Frangiza Akramova 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Olmazor tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Uchtepa tumanidagi bolalar maydonchasini rekonstruksiya qilish masalasi deputatlik so‘rovi orqali nazoratga olindi
янв.21
Deputatlik so‘rovi orqali Shayxontohur tumanidagi sug‘orish tizimi muammosi ko‘tarildi
янв.21
Luiza Hikmatova 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Deputat ko‘magi bilan fuqaroning huquqi tiklandi
Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi raisi – kotibiyat mudiri X. Sultonov hamda "Saidlar" saylov okrugidan saylangan deputat N. Qurbonova tomonidan saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

🤝 O‘rganish davomida fuqaroning oila a'zosining sog‘lig‘i bilan bog‘liq holat, oilaviy sharoiti hamda bandlik masalalari yuzasidan bildirgan murojaati atroflicha tinglanib, taqdim etilgan hujjatlar asosida mavjud vaziyat o‘rganildi.

📝 Murojaatda ko‘tarilgan masalalarni qonunchilik doirasida hal etish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda bandligini ta'minlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqish yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida e'tibor qaratish, ularning muammolarini joyida o‘rganish va amaliy yechim topish Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.