Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘rganishlarning navbatdagi manzili – Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi
янв.21
O‘rganishlarning navbatdagi manzili – Toshkent shahar 2-tumanlararo Perinatal markazi akusherlik qabul bo‘limi
янв.21
Frangiza Akramova 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Olmazor tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Uchtepa tumanidagi bolalar maydonchasini rekonstruksiya qilish masalasi deputatlik so‘rovi orqali nazoratga olindi
янв.21
Deputatlik so‘rovi orqali Shayxontohur tumanidagi sug‘orish tizimi muammosi ko‘tarildi
янв.21
Luiza Hikmatova 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Deputat ko‘magi bilan fuqaroning huquqi tiklandi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Mahalla boshqaruvi samarali tashkil etiladi
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi Kenjayeva Mazluma hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B. Xoliqov hamkorligida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 11-martdagi O‘RQ–528-sonli “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan Muzrabot tumani tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlarini olib borishdi.

O‘rganish maxsus tayyorlangan savolnoma asosida o‘tkazildi.

Muzrabot tumanida “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini o‘rganish doirasida sohada amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

O‘rganishlar davomida tumanda:
- onalik va bolalikni muhofaza qilish;
- homilador ayollarni erta ro‘yxatga olish va muntazam tibbiy kuzatuvga olish;
- skrining tekshiruvlarini tashkil etish;
- reproduktiv salomatlik bo‘yicha aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini kuchaytirish;
- oilaviy rejalashtirish va kontrasepsiya vositalari bilan ta’minlash;
- yoshlar o‘rtasida tibbiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Tibbiyot muassasalari, oilaviy poliklinikalar, patronaj hamshira va doyalar hamda mahalla institutlari o‘rtasidagi hamkorlik samarali yo‘lga qo‘yilgan.

Ayni paytda, aholi uchun bepushtlikni davolash va yordamchi reproduktiv texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida viloyat darajasida ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazini tashkil etish maqsadga muvofiqligi qayd etildi.

Slide 1 of 2