Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘rganishlarning navbatdagi manzili – Toshkent shahar 2-tumanlararo Perinatal markazi akusherlik qabul bo‘limi
янв.21
Frangiza Akramova 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Olmazor tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Uchtepa tumanidagi bolalar maydonchasini rekonstruksiya qilish masalasi deputatlik so‘rovi orqali nazoratga olindi
янв.21
Deputatlik so‘rovi orqali Shayxontohur tumanidagi sug‘orish tizimi muammosi ko‘tarildi
янв.21
Luiza Hikmatova 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Deputat ko‘magi bilan fuqaroning huquqi tiklandi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Mahalla boshqaruvi samarali tashkil etiladi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari Yashnobod tumani Kengashining 36-sessiyasida faol ishtirok etdilar
Kotib

Bugungi kunda aholi o‘rtasida kambag‘allik va ishsizlikni tugatish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.

Davlatimiz siyosatida inson manfaatlari, ijtimoiy adolat tamoyillari ustuvor. Shu bois, yurtimizda aholining muayyan qatlami o‘rtasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi raisi Yuldasheva Muyassar Tairovna “Mustaqillik” mahallasida “mahalla yettiligi” bilan mahallada kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuvda deputat mahallada kambag‘allikni qisqartirish va ishsizlikni kamaytirish uchun har bir xonadonning iqtisodiy imkoniyatini aniqlab, aholini tadbirkorlikka o‘qitish, imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratish, shuningdek, kasb-hunarga yo‘naltirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish zarurligini ta’kidladi.

Tashrif davomida deputat tomonidan “Mustaqillik” mahallasiga biriktirilgan bank xodimlari bilan birgalikda ish o‘rinlarini ochish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar ham o‘rganildi.

Slide 1 of 3