Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘rganish jarayonidan fotolavhalar
янв.21
O‘rganishlarning yakuniy manzili – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent shahar Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi
янв.21
O‘rganishlarning navbatdagi manzili – Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi
янв.21
O‘rganishlarning navbatdagi manzili – Toshkent shahar 2-tumanlararo Perinatal markazi akusherlik qabul bo‘limi
янв.21
Frangiza Akramova 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Olmazor tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Uchtepa tumanidagi bolalar maydonchasini rekonstruksiya qilish masalasi deputatlik so‘rovi orqali nazoratga olindi
янв.21
Deputatlik so‘rovi orqali Shayxontohur tumanidagi sug‘orish tizimi muammosi ko‘tarildi
янв.21
Luiza Hikmatova 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Deputat ko‘magi bilan fuqaroning huquqi tiklandi
#qonun_19_1_modda #doimiy_komissiya #deputatlik_nazorati #tavsiyalar #ekspert_guruhi
#qonun_19_1_modda
#doimiy_komissiya
#deputatlik_nazorati
#tavsiyalar
#ekspert_guruhi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov hamda kotibiyat mutaxassisi I. Ikromov tomonidan hududlarda obodonlashtirish va xavfsizlik masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida hududda mavjud qurigan daraxtlarning holati, ularning atrof-muhitga hamda fuqarolar xavfsizligiga ta’siri ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan holatlar yuzasidan daraxtlarni belgilangan tartibda kesib tashlash, o‘rnida obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish hamda yashil hududlarni saqlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, bunday holatlarning oldini olish, hududlarda sanitariya va obodonlashtirish talablariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar bildirildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar doimiy nazoratga olinib, hududlarning yanada xavfsiz va obod bo‘lishiga qaratilgan chora-tadbirlar izchil davom ettiriladi.

Mazkur deputatlik faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash va saylov okrugidagi ishlarni muvofiqlashtirish vazifalari Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mutaxassisi I. Ikromov tomonidan amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash