Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zosi Aziza Bahodirova Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida o‘z takliflarini bildirdi
янв.21
Sadriddin Turabjonov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Deputat sayyor qabulida mahallalardagi dolzarb muammolar muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zosi Nasrullayev Baxtiyor Fayzulla o‘g‘li Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida o‘z takliflarini bildirdi
янв.21
Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Parlament nazorati amaliyotda: senatorlar uy-joy kommunal xo‘jaligini raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishdi
янв.21
Mahalladagi xavfsizlik masalasi – deputat va senator nazoratida
Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi – sog‘lom turmush va xavfsiz hayotning muhim omili

Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi – sog‘lom turmush va xavfsiz hayotning muhim omili

O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni aholi salomatligini muhofaza qilish, sanitariya-epidemiologik barqarorlikni ta’minlash hamda yuqumli va ommaviy kasalliklarning oldini olishga qaratilgan muhim normativ-huquqiy hujjatlardan biridir.

Mazkur Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2015-yil 15-iyulda qabul qilingan hamda Senat tomonidan 2015-yil 6-avgustda ma’qullangan.
Qonunning asosiy maqsadi fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash, qulay yashash muhitini yaratish, sanitariya qoidalari va gigiyena me’yorlariga rioya etilishini ta’minlash, shuningdek, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni buzishi mumkin bo‘lgan omillarning oldini olishdan iborat.

Mazkur Qonunga muvofiq:

🔹 fuqarolarning sanitariya-epidemiologik osoyishtalik sohasidagi huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinadi;
🔹 davlat organlari tomonidan sanitariya-epidemiologik nazorat tizimi samarali tashkil etiladi;
🔹 yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olish, ularni erta aniqlash hamda tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha profilaktik tadbirlar amalga oshiriladi;
🔹 oziq-ovqat mahsulotlari, ichimlik suvi, ta’lim va tibbiyot muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari hamda boshqa obyektlarda sanitariya talablari bajarilishi nazorat qilinadi;
🔹 atrof-muhitning sanitariya holatini yaxshilash, ekologik xavfsizlikni ta’minlash va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘riladi;
🔹 korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning sanitariya qoidalariga rioya etish borasidagi huquq va majburiyatlari belgilab beriladi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash davlat organlari, tashkilotlar va fuqarolarning o‘zaro hamkorligini talab etadi. Har bir fuqaroning shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishi, yashash va mehnat joylarida tozalikni saqlashi, belgilangan sanitariya talablariga rioya etishi jamiyat salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Sog‘lom muhitni yaratish, kasalliklarning oldini olish va aholining hayot sifatini oshirish yo‘lida mazkur Qonun muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Sanitariya madaniyatini yuksaltirish esa har birimizning fuqarolik burchimiz va sog‘lom kelajak uchun qo‘shayotgan munosib hissamizdir.