Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sergey Mironov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi kotibiyati faoliyati atroflicha o‘rganildi
янв.21
Buyuk Turon mahallasida mehnat yarmarkasi va bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
Deputatlik so‘rovlari orqali Uchtepa tumanidagi kommunal va obodonlashtirish masalalari ko‘tarildi
янв.21
"Furqat" mahallasida obodonlashtirish ishlari va mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi kotibiyati faoliyati atroflicha o‘rganildi
янв.21
Bektemir tumanidagi "Abay" mahallasida Abay Qo‘nonboev byustini o‘rnatish masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi kotibiyatida kadrlar bilan ishlash tizimi hamda kotibiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat mahalladagi muammolarni doimiy komissiya muhokamasiga olib chiqdi
янв.21
Xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashi kotibiyati faoliyati atroflicha o‘rganildi
OILAVIY AJRIMLAR, ERTA VA QARINDOSHLIK NIKOHLARINING OLDINI OLISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi A.Mahkamov olib bordi.
Yig‘ilishda Kengash kotibiyat mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya a’zolari hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Kun tartibidagi asosiy masala yuzasidan deputat A.Mahkamovga biriktirilgan tashkilot Marg‘ilon shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi mutaxassisi tomonidan shaharda oilaviy ajrimlarning oldini olish, erta nikoh hamda qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlarini bartaraf etish borasida 2026-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etildi.

Hisobotda qayd etilishicha, yilning 6 oyi davomida shahardagi 252 ta nizoli oiladan 211 tasi yarashtirilib, 304 nafar voyaga yetmagan farzandning to‘liq oilada voyaga yetishiga erishilgan.

Shuningdek, joriy yilning 6 oyida shaharda 209 ta nikohdan ajralish holati qayd etilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22 taga ko‘p. Ajrashgan oilalardagi 162 nafar voyaga yetmagan farzand ota yoki ona qaramog‘ida qolgan. Ajrimlarning asosiy sabablari sifatida oilaviy kelishmovchilik (109 ta), farzandsizlik (19 ta), xiyonat (5 ta), hukm asosida ajrim (2 ta), ichkilikbozlik (1 ta) hamda boshqa omillar (73 ta) keltirildi.

Hisobot davomida 2026-yilning 6 oyida shaharda 665 ta nikoh qayd etilgani, 180 ta holatda otalikni belgilash bo‘yicha murojaatlar rasmiylashtirilgani hamda yolg‘iz ona arizasiga asosan 48 ta tug‘ilish qayd etilgani ta’kidlandi.
Shuningdek, oila-turmush munosabatlaridagi huquqbuzarliklar ham tahlil qilindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 5 oyi davomida oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik bilan bog‘liq 34 ta holat qayd etilgan. Zo‘ravonlikdan jabrlangan 206 nafar xotin-qizga himoya orderi berilgan bo‘lib, ularning 168 tasi oilada sodir etilgan zo‘ravonlik holatlariga to‘g‘ri keladi. Takroriy himoya orderi berilganlar soni 3 nafarni tashkil etgan.
Muhokamalar davomida deputatlar hisobot yuzasidan savol va takliflarini bildirib, oilaviy ajrimlarni kamaytirish, erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning oldini olish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda profilaktik tadbirlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdilar.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinib, mas’ul tashkilotlarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 6