Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
Shodiyona mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, sessiyaoldi masalalar deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
"Uysozlar" mahallasida fuqarolar murojaatlari va dolzarb masalalar deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Sergey Mironov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi kotibiyati faoliyati atroflicha o‘rganildi
янв.21
Buyuk Turon mahallasida mehnat yarmarkasi va bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
Deputatlik so‘rovlari orqali Uchtepa tumanidagi kommunal va obodonlashtirish masalalari ko‘tarildi
янв.21
"Furqat" mahallasida obodonlashtirish ishlari va mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi kotibiyati faoliyati atroflicha o‘rganildi
янв.21
Bektemir tumanidagi "Abay" mahallasida Abay Qo‘nonboev byustini o‘rnatish masalasi joyida o‘rganildi
Biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlik doirasida qonun ijrosi o‘rganildi

Biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlik doirasida qonun ijrosi o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.K. Narbayeva rahbarligida videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining sayyor majlisida"Surxondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish dasturlarida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini o‘rganish natijalari muhokamasi to‘g‘risida"gi masala yuzasidan ko‘tarilgan muammolarga ijobiy yechim topish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati I.Qurbonov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov deputatga biriktirilgan tashkilot bilan ishlash yo‘nalishi bo‘yicha Qiziriq tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida "Davlat xaridlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (2021-yil 22-apreldagi O‘RQ–684-son) ijrosini o‘rganish yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida o‘rganish olib borildi.

O‘rganish jarayonida davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirishning amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi, xaridlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, byudjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish, shuningdek, elektron davlat xaridlari tizimidan foydalanish holati atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, mavjud muammolarni bartaraf etish, qonunchilikni takomillashtirishga oid takliflarni shakllantirish hamda Senat Kengashining sayyor majlisida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan mas’ul xodimlar bilan o‘zaro fikr almashildi.

Shu kabi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan Tuman hokimligi huzurida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish haqidagi masala yuzasidan ham o'rganishlar olib borildi.

O‘rganish yakunida tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 1