Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati M. Oltibayeva tomonidan Buyuk Turon mahallasi hududida joylashgan “Farovon” oilaviy poliklinikasida o‘rganish ishlari olib borildi.
Tashrif davomida muassasada fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, profilaktik tibbiy ko‘riklarning tashkil etilishi hamda tibbiyot xodimlarining xizmat vazifalarini bajarish holati bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, tibbiy jihozlardan foydalanish darajasi va aholining murojaatlarini ko‘rib chiqish amaliyoti o‘rganildi. Fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi.
Deputat tomonidan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, aholiga qulay va samarali xizmat ko‘rsatishni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Aholi salomatligini muhofaza qilish va birlamchi tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirishga qaratilgan bunday o‘rganishlar davom ettirilmoqda.