Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sergey Mironov "Iykota" mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Mirzag‘olib Tillashayxov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Yakkasaroy tuman Kengashi kotibiyatida kadrlar bilan ishlash tizimi va kotibiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari o‘rganildi
янв.21
Oliy Majlis Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
Shodiyona mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, sessiyaoldi masalalar deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
"Uysozlar" mahallasida fuqarolar murojaatlari va dolzarb masalalar deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Sergey Mironov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi kotibiyati faoliyati atroflicha o‘rganildi
янв.21
Buyuk Turon mahallasida mehnat yarmarkasi va bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
Deputatlik so‘rovlari orqali Uchtepa tumanidagi kommunal va obodonlashtirish masalalari ko‘tarildi
🌳✍️ “YAKKATUT” MFY HUDUDIDA “MENING BOG‘IM” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH TO‘G‘RISIDAGI MASALA YUZASIDAN TEGISHLI QAROR QABUL QILINDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida Chilonzor tumani “Yakkatut” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Mening bog‘im” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilib, tegishli qaror qabul qilindi.

Qayd etilganidek, mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PF–199-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-martdagi 156-son qarori talablariga muvofiq, “Ochiq budjet” axborot portalida jamoatchilik fikri asosida o‘tkazilgan ovoz berish yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan tashabbusni amalga oshirish maqsadida tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, loyiha doirasida 0,41 gektar yer maydonida “Mening bog‘im” barpo etish, uzoq yillik mevali va manzarali daraxtlar hamda butalarni ekish, piyodalar yo‘laklarini barpo etish, aholi dam olishi uchun o‘rindiqlar o‘rnatish, zamonaviy yoritish hamda sug‘orish tizimlarini tashkil etish ishlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, mazkur loyihani amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan 250 million so‘m mablag‘ ajratilgani ma’lumot uchun qabul qilindi.

Sessiya davomida Chilonzor tumani hokimi S. Xolxo‘jayev tomonidan mazkur loyiha yuzasidan batafsil axborot berildi. Xususan, loyihaning amalga oshirilish manzili, belgilangan hudud, unda bajarilishi rejalashtirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, shuningdek, loyiha doirasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.

Sessiya qaroriga asosan, mas’ul tashkilotlarga loyiha ishlarini amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq, sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish yuzasidan tegishli vazifalar yuklatildi hamda qaror ijrosi ustidan nazorat Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Qurilish, kommunal xo‘jalik, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatildi.

Slide 1 of 4