Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nodira Gaipnazarova 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Deputatlik so‘rovlari orqali Yashnobod tumanidagi xavfsizlik va jamoat tartibi masalalari ko‘tarildi
янв.21
Kotibiyatlar faoliyati tanqidiy muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sergey Mironov "Iykota" mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Mirzag‘olib Tillashayxov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Yakkasaroy tuman Kengashi kotibiyatida kadrlar bilan ishlash tizimi va kotibiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari o‘rganildi
янв.21
Oliy Majlis Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
Shodiyona mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, sessiyaoldi masalalar deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
"Uysozlar" mahallasida fuqarolar murojaatlari va dolzarb masalalar deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Sergey Mironov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganildi.

📌 Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganildi.

🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashining 19-Ibn Sino saloy okrugi deputati M.Turopova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi O.Norbo‘tayevlar tomonidan Obod mahallasida ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirish, aholining muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida ijtimoiy xodim tomonidan olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

🔍 O‘rganish jarayonida fuqarolarning ijtimoiy ahvoli, ehtiyojmand oilalar bilan ishlash, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda kam ta’minlangan qatlam vakillariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar tahlil qilindi. Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish, aholining turmush darajasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

⚙️ Ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, aholiga yanada yaqin bo‘lish va manzilli yordam ko‘rsatishni kuchaytirish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

🤝 Mahallada ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi ishlarni tizimli davom ettirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.