Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sergey Mironov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi kotibiyati faoliyati atroflicha o‘rganildi
янв.21
Buyuk Turon mahallasida mehnat yarmarkasi va bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
Deputatlik so‘rovlari orqali Uchtepa tumanidagi kommunal va obodonlashtirish masalalari ko‘tarildi
янв.21
"Furqat" mahallasida obodonlashtirish ishlari va mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi kotibiyati faoliyati atroflicha o‘rganildi
янв.21
Bektemir tumanidagi "Abay" mahallasida Abay Qo‘nonboev byustini o‘rnatish masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi kotibiyatida kadrlar bilan ishlash tizimi hamda kotibiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat mahalladagi muammolarni doimiy komissiya muhokamasiga olib chiqdi
янв.21
Xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashi kotibiyati faoliyati atroflicha o‘rganildi
Murojaat e’tiborda: Muammolar joyida o‘rganilmoqda

Murojaat e’tiborda: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
​Xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlarini tinglash va muammolariga yechim topish bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
​Navbatdagi o‘rganish ishlari Toyloq tumani “Talliota” mahallasida bo‘lib o‘tdi. Mahalla fuqarolaridan biri tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashiga qabriston hududini obodonlashtirish bo‘yicha murojaat yo‘llangan edi.
​Qabriston yonidagi ariqni betonlashtirish;
​Qabristonga olib boruvchi yo‘lni shag‘allashtirish.
​Mazkur masala yuzasidan Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi raisi D.Ulug‘boyeva hamda Kengash kotibiyati mudiri B.Xamrayev joyiga chiqqan holda o‘rgandilar. O‘rganish jarayonida mahalla faollari va nuroniylar ham ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
​Muhokama davomida masalaning yechimi yuzasidan aniq choralar belgilab olindi. Mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ariqni betonlashtirish va yo‘lni tartibga keltirish ishlari nazoratga olindi.

Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 3