📍 “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi to‘garaklar faoliyati o‘rganildi
🏛 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 4-Uch yog‘och–Qorabog‘ saylov okrugi deputati K. Xashimova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan "Uch yog‘och" mahallasi hududida joylashgan 33-son umumta’lim maktabiga tashrif buyurildi.
📚 Tashrif davomida Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan Sherobod tumanida yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlari ijrosi yuzasidan maktabda faoliyat yuritayotgan chet tili to‘garagining faoliyati o‘rganildi.
👥 Mas’ullar to‘garak mashg‘ulotlari jarayonini kuzatib, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda yozgi ta’til davrida ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
✅ Ta’kidlanganidek, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etilayotgan bunday to‘garaklar yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish hamda ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.