Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashining 14-Tavois saylov okrugidan saylangan deputat F. G‘oziyeva Tavois mahallasi yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim olishi, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, tadbirkorlik va kasb-hunarga yo‘naltirish masalalari yuzasidan ochiq muloqot qilindi.
Shuningdek, yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.