Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi orqali Yakkasaroy tumanidagi yo‘l harakati xavfsizligi masalalari ko‘tarildi
янв.21
Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi kotibiyati faoliyati atroflicha o‘rganildi
янв.21
Buyuk Turon mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va fuqarolar murojaatlari muhokama qilindi
янв.21
"Adolat" mahallasida barpo etilayotgan "Yashil bog‘" yuzasidan Kengash qarori ijrosi joyida o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi orqali Yangihayot tumanida yo‘l harakati xavfsizligi masalasi ko‘tarildi
янв.21
Jo‘rabek mahallasida kanalizatsiya tizimi bilan bog‘liq muammo deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Shukur Burhonov mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va hududdagi dolzarb masalalar o‘rganildi
янв.21
50 yildan ortiq birga yashagan oilalar e’zozlandi
янв.21
2-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun
янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida Zaminobod mahallasidagi kanalizatsiya muammosini hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

“Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan Sardoba tumani hokimi deputat Ziyadulla Karimov, tuman prokurori Ravshanbek Norbayev hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida xorijda tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan yoshlar bilan navbatdagi onlayn muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya, AQSh, Yaponiya hamda qo‘shni davlatlarda faoliyat yuritayotgan yoshlar qatnashdi. Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan muloqot davomida yoshlarning muammolari, ularni qiynayotgan masalalar, shuningdek tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, ish bilan ta’minlash kabi yo‘nalishlarda berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Shuningdek, Sardoba tumanida aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda kuzatilayotgan ijobiy o‘zgarishlar haqida ham atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi.

Slide 1 of 3