Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Abdixayomova tomonidan tumanning “Markaziy” mahallasiga biriktirilgan yoshlar yetakchisi A.Jumabayev faoliyati o‘rganildi.
🔺O‘rganish jarayonida mahalladagi yoshlar soni, ularning ijtimoiy holati, ta’lim va kasb-hunarga jalb etilganlik darajasi, ishsiz yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar hamda “Yoshlar daftari” orqali amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi. Shuningdek, yoshlarni tadbirkorlikka, zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish va doimiy daromad manbaiga ega qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
🔺Deputat yoshlar yetakchisi bilan suhbat davomida mahalladagi uyushmagan yoshlarni aniqlash, ularni sport, madaniy-ma’rifiy tadbirlar va turli tanlovlarga keng jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish masalalari yuzasidan fikr almashdi.