Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida Zaminobod mahallasidagi kanalizatsiya muammosini hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi
янв.21
Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi kotibiyati faoliyati yaqindan o‘rganildi
янв.21
Ko‘hna Cho‘pon ota mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik so‘rovlari orqali “Yashil iqtisodiyot” va ekologik islohotlar ijrosi yuzasidan nazorat kuchaytirilmoqda
янв.21
Mahalla yettiligi – Kengash – Senat” hamkorligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi kotibiyati faoliyati yaqindan tanishildi
янв.21
Yunusobod tuman Kengashi faoliyati bilan tanishildi
янв.21
29-Xadra saylov okrugida infratuzilmani rivojlantirish masalalari joyida o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
30-iyun — Yoshlar kuni
Tuproqqal'a Munosabat

Jahon chempionati — O‘zbekistonning yangi qiyofasini dunyoga namoyon etgan tarixiy voqea

Bugun biz, xalq vakillari va yurt fidoyilari sifatida, ona Vatanimiz — Yangi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi tobora yuksalib borayotgan nufuzi, erishayotgan ulkan yutuqlari bilan faxrlanishimiz uchun yana bir muhim sababga egamiz.
Jahon chempionati nafaqat sport maydonidagi shijoat va mahorat namoyishi bo‘ldi, balki O‘zbekiston nomini dunyoga yanada keng tanitgan tarixiy voqeaga aylandi.
Milliy terma jamoamizning munosib ishtiroki, sportchilarimizning matonati va xalqimizning birdamligi butun dunyo e’tiborini yurtimizga qaratdi.
Albatta, bu chempionatda g‘olib bo‘la olmagan bo‘lsak-da, jamoamiz o‘zining kurashi, irodasi va fidoyiligi bilan millionlab insonlar qalbidan joy oldi. Eng muhimi — ular dunyoga O‘zbekistonni tanitdi, yurtimiz bayrog‘ini ulkan sahnalarda baland ko‘tardi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu xalqaro sport voqeasi ortidan O‘zbekiston haqidagi internet qidiruvlari 450 foizga oshdi. Bu esa dunyo aholisining Vatanimizga, uning tarixi, madaniyati, turizm salohiyati va bugungi taraqqiyotiga bo‘lgan qiziqishi keskin ortganidan dalolat beradi.
Xalqaro axborot maydonida O‘zbekiston va milliy terma jamoamiz ishtiroki haqida 3 milliondan ortiq materiallar e’lon qilindi. Xorijiy ommaviy axborot vositalari, YouTube va ijtimoiy tarmoqlarda yurtimizga oid 3,4 milliondan ortiq post va videomateriallar joylashtirildi.
Ayniqsa, “Uzbekistan” so‘zi bo‘yicha qidiruvlarning 40 foizga, “Tourism to Uzbekistan” mavzusidagi qidiruvlarning 10 foizga oshgani, “Travel Uzbekistan” so‘rovi esa Google Trends mezonida eng yuqori — 100 ballik ko‘rsatkichga erishgani O‘zbekistonning xalqaro maydondagi qiziqish markaziga aylanganini ko‘rsatadi.
Bu natijalar — shunchaki raqamlar emas. Ular ortida O‘zbekistonning yangi qiyofasi, xalqimizning mehnati, yoshlarimizning salohiyati va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning aks-sadosi bor.
Bugun dunyo O‘zbekistonni faqat qadimiy tarixi va boy madaniyati bilan emas, balki zamonaviy taraqqiyot yo‘lidan dadil borayotgan, iste’dodli yoshlari, kuchli irodasi va ulkan kelajagi bor davlat sifatida ham taniyapti.
Bunday yutuqlar bizga faxr va shukronalik tuyg‘ularini bag‘ishlaydi. Chunki Vatan nomining dunyo sahnasida yangrashi — har birimiz uchun g‘urur, har birimiz uchun sharafdir.
Sportchilarimizga, murabbiylarimizga va ushbu tarixiy jarayonga hissa qo‘shgan barcha insonlarga samimiy minnatdorlik bildiraman. Ularning har bir qadami Yangi O‘zbekiston tarixiga bitilayotgan yorqin sahifalardandir.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, bayrog‘imiz doimo baland bo‘lsin. O‘zbekistonimizning dunyodagi obro‘-e’tibori yanada yuksalaversin!