Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yunusobod tuman Kengashi faoliyati bilan tanishildi
янв.21
29-Xadra saylov okrugida infratuzilmani rivojlantirish masalalari joyida o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
30-iyun — Yoshlar kuni
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Deputatlik so‘rovlariga rasmiy javoblar taqdim etildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi
янв.21
Sayyor qabul – aholi murojaatlariga amaliy yechim maydoni
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Mahalla infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lida yana bir muhim qadam
YUNUSOBOD TUMAN KENGASHINING YIGIRMA UCHINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Sessiyada Yunusobod tumani hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Mazkur masala doirasida tumandagi inklyuziv ta’lim sinflari joriy etilgan umumta’lim maktablarida korreksion xonalarni jihozlash, alohida ta’lim ehtiyojiga ega o‘quvchilar uchun qulay va moslashtirilgan ta’lim muhitini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Sessiya davomida jamg‘arma mablag‘laridan samarali, maqsadli va shaffof foydalanish, ularni ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, inklyuziv ta’lim sharoitlarini yaxshilash hamda aholining dolzarb ehtiyojlarini hal etishga yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur jarayon “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda mahalliy budjet va jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishga oid normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.

✅ Yunusobod tumanida inklyuziv ta’limni rivojlantirish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash va budjet mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3