Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yunusobod tuman Kengashi faoliyati bilan tanishildi
янв.21
29-Xadra saylov okrugida infratuzilmani rivojlantirish masalalari joyida o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
30-iyun — Yoshlar kuni
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Deputatlik so‘rovlariga rasmiy javoblar taqdim etildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi
янв.21
Sayyor qabul – aholi murojaatlariga amaliy yechim maydoni
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Mahalla infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lida yana bir muhim qadam
Mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashiga O'zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan 9-Rovatak saylov okrugi deputati B.Baxovadinov tomonidan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF–209-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-martdagi 137-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Rovatak MFYda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning faoliyati yuzasidan o‘rganish amalga oshirildi.

O‘rganish davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni aniqlash, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati, "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" va boshqa tegishli axborot tizimlari bilan ishlash holati, fuqarolar murojaatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi hamda belgilangan vazifalar ijrosi tahlil qilindi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2