Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi orqali Yakkasaroy tumanidagi yo‘l harakati xavfsizligi masalalari ko‘tarildi
янв.21
Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi kotibiyati faoliyati atroflicha o‘rganildi
янв.21
Buyuk Turon mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va fuqarolar murojaatlari muhokama qilindi
янв.21
"Adolat" mahallasida barpo etilayotgan "Yashil bog‘" yuzasidan Kengash qarori ijrosi joyida o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi orqali Yangihayot tumanida yo‘l harakati xavfsizligi masalasi ko‘tarildi
янв.21
Jo‘rabek mahallasida kanalizatsiya tizimi bilan bog‘liq muammo deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Shukur Burhonov mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va hududdagi dolzarb masalalar o‘rganildi
янв.21
50 yildan ortiq birga yashagan oilalar e’zozlandi
янв.21
2-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun
янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida Zaminobod mahallasidagi kanalizatsiya muammosini hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputatlik nazoratida

Tashrif davomida texnikumda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish, moddiy-texnik baza holati hamda yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Tashrif davomida texnikumda ta’lim sifatini ta’minlash, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza, o‘quv jarayonini tashkil etish, kasbiy ta’lim samaradorligi hamda bitiruvchilarni mehnat bozoriga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-sonli Qonun talablari asosida ta’lim muassasasida ta’lim sifati, o‘quvchilarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish, ta’lim jarayonining ochiqligi va samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

Mas’ullar texnikum rahbariyati va xodimlari bilan muloqot o‘tkazib, qonun ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud yutuqlar hamda yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

O‘rganish natijalari Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida muhokama qilinishi rejalashtirilgan masalalarni chuqur tahlil qilish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Tashrif yakunida ta’lim muassasasi faoliyatini yanada rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan tegishli taklif hamda tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 6