Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi orqali Yakkasaroy tumanidagi yo‘l harakati xavfsizligi masalalari ko‘tarildi
янв.21
Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi kotibiyati faoliyati atroflicha o‘rganildi
янв.21
Buyuk Turon mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va fuqarolar murojaatlari muhokama qilindi
янв.21
"Adolat" mahallasida barpo etilayotgan "Yashil bog‘" yuzasidan Kengash qarori ijrosi joyida o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi orqali Yangihayot tumanida yo‘l harakati xavfsizligi masalasi ko‘tarildi
янв.21
Jo‘rabek mahallasida kanalizatsiya tizimi bilan bog‘liq muammo deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Shukur Burhonov mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va hududdagi dolzarb masalalar o‘rganildi
янв.21
50 yildan ortiq birga yashagan oilalar e’zozlandi
янв.21
2-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun
янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida Zaminobod mahallasidagi kanalizatsiya muammosini hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MAS’ULLAR FAOLIYATI KESKIN TANQID QILINDI

DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MAS’ULLAR FAOLIYATI KESKIN TANQID QILINDI

🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tumani Kengashining “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi  o‘tkazildi.
🔹 Yig‘ilish kun tartibiga “Irrigatsiya tizimlarining samarali ishlashini ta’minlash, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati” masalasi kiritildi.
🔹 Muhokama jarayonida mas’ul tashkilot rahbarining yig‘ilishda ishtirok etmagani, shuningdek, talab etilgan hisobot va tahliliy ma’lumotlar belgilangan muddatlarda to‘liq taqdim etilmagani keskin tanqid qilindi. Qayd etilgan holatlar deputatlar tomonidan mas’uliyatsizlik va ijro intizomiga loqayd munosabat sifatida baholandi.
🔹 Doimiy komissiya tomonidan mas’ullarga hisobotlarni o‘z vaqtida va to‘liq taqdim etish yuzasidan qat’iy ogohlantirish berildi.

Slide 1 of 4